Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)

ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA (SHARH)

Normatova Diyora, Sodiqov Baxrom

Read at source

Abstract

Bodring antraknozi issiqxona sharoitida keng tarqaladigan va yuqori iqtisodiy zarar yetkazuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. U asosan Colletotrichum orbiculare tomonidan qo‘zg‘atilib, barg, poya, band va mevalarda nekrotik shikastlanishlarni keltirib chiqaradi hamda mahsulot sifati va hosildorligini pasaytiradi. Ushbu sharhda bodring antraknozining etiologiyasi, patogenezi, issiqxona ekologiyasida tarqalish xususiyatlari, simptomatikasi va zamonaviy diagnostika usullari bo‘yicha so‘nggi ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Manbalar tahlili C. orbiculare ning gemibiotrof patogen ekanini, infeksiya jarayonida melaninli appessoriy va effektor oqsillar muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Shuningdek, yuqori namlik, barg yuzasida suv mavjudligi, kondensat hosil bo‘lishi va havo almashinuvining yetarli emasligi issiqxonada kasallik rivojlanishi uchun asosiy ekologik omillar ekani aniqlandi. Morfologik belgilar bilan bir qatorda, ko‘plokusli filogenetik tahlil, qPCR testlar, CAPS-markerlar hamda sun’iy intellektga asoslangan diagnostika usullarining ahamiyati yoritildi. Tahlil natijalari bodring antraknozini erta aniqlash, fitosanitar monitoringni takomillashtirish va integral himoya choralarini ishlab chiqishda zamonaviy diagnostika texnologiyalari muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Normatova Diyora & Sodiqov Baxrom (2026). ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI:  ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY  DIAGNOSTIKA (SHARH). Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini).
GOST R 7.0.5
Normatova Diyora, Sodiqov Baxrom ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI:  ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY  DIAGNOSTIKA (SHARH) // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). 2026.
BibTeX
@article{diyora2026,
  author  = {Normatova Diyora and Sodiqov Baxrom},
  title   = {ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI:  ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY  DIAGNOSTIKA (SHARH)},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year    = {2026}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Normatova Diyora
AU  - Sodiqov Baxrom
TI  - ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI:  ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY  DIAGNOSTIKA (SHARH)
JO  - Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
PY  - 2026
ER  -