Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
DORIVORLIK XUSUSIYATGA EGA O‘SIMLIKLARDAN ANTOGISTIK ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH
Rahmonov Ubaydillo, Fozilova Moxidil
Abstract
Ushbu tadqiqot dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklardan antagonistik zamburug‘larni ajratib olish, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda fitopatogen zamburug‘larga qarshi qo‘llash imkoniyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida mahalliy sharoitda o‘suvchi dorivor o‘simliklardan antagonist zamburug‘lar ajratib olinib, ularning fenotipik va biologik xususiyatlari o‘rganildi. Trichoderma harzianum va Trichoderma viride kabi antagonist zamburug‘larning Fusarium, Alternaria, Rhizoctonia va Phytophthora kabi fitopatogenlarga qarshi samaradorligi tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida ekologik xavfsiz biopreparatlar yaratish va dorivor o‘simliklarni kasalliklardan biologik himoya qilishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.