Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA TAKRORIY EKILGAN QIZIL FASOL (FASEOLUS VULGARIS L) NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA O‘RGIMCHAKKANA (TETRANYCHUS URTICAE) ZARARKUNANDASINING SALBIY TA’SIRI VA KIMYOVIY KURASH CHORALARI (DENOV TUMANI MISO
Xudayberdiyeva Mohinur, Yormatova Dilorom, Hamroyeva Marg‘uba
Annotaciya
Mazkur maqolada o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) zararkunandasining takroriy ekilgan qizil fasol (Phaseolus vulgaris L.) o‘simligining o‘sish, rivojlanish va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri Surxondaryo viloyati Denov tumani agroiqlim sharoitida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida zararkunandaning barg plastinkasi, poya rivojlanishi, gullash dinamikasi, dukkak hosil bo‘lishi va yakuniy hosildorlikka salbiy ta’siri kuzatildi. O‘rgimchakkana bilan zararlanish natijasida barglardagi xlorofill miqdori kamayishi, fotosintez intensivligi pasayishi, transpiratsiya jarayonining buzilishi hamda o‘simlik biomassa to‘planishining sekinlashuvi aniqlangan. Tadqiqotda zararkunandaga qarshi Aikido-5% akaritsid preparati va Mebracy 20% (acetamiprid) preparatlarining qo‘llanish samaradorligi baholandi. Kimyoviy ishlov berish natijasida o‘simlikning vegetativ va generativ organlari faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar qayd etilib, hosildorlik ko‘rsatkichlari nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Tadqiqot natijalari qizil fasol ekinlarida o‘rgimchakkanaga qarshi kompleks himoya choralarini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.