Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SABZAVOT EKINLARINING TUPROQ OSTKI ZARARKUNANDALARI VA ULARNING ZARAR KELTIRISH DARAJASI
Rajabova Gulhayo, Qalandarova Ruxshona
Аңдатпа
Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida sabzavot ekinlarida uchraydigan asosiy tuproq ostki zararkunandalari — kuzgi tunlam, simqurtlar hamda fitoparazit nematodalarning tarqalishi va zarar keltirish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Buxoro davlat universiteti o‘quv-tajriba xo‘jaligi sharoitida pomidor, bodring, piyoz va kartoshka ekinlari agrotsenozlarida olib borildi. Kuzatuvlar davomida tuproqning 0–30 sm qatlamidan namunalar olinib, zararkunandalar soni dona/m² hisobida aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, 2024-yilda tuproq ostki zararkunandalari zichligi 2023-yilga nisbatan yuqori bo‘ldi. Eng yuqori zararlanish kartoshkada 21,6%, bodringda 18,4%, pomidorda 16,7% va piyozda 14,1% ni tashkil etdi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.