Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA SHIRALARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARI VA ULARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rustamov Atxam, Ergashev Mirodil, Turdimatova Nodira
Abstract
Maqolada sabzavot agrobiotsenozlarida uchraydigan o‘simlik shiralari paraziti Lysiphlebus fabarum Marsh ning biologik xususiyatlari, o‘simlik shiralari bilan zararlanish darajasi va yashovchanligi laboratoriya hamda dala sharoitlarida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabiatdan yig‘ilgan parazit avlodlarining o‘simlik shiralarini zararlash darajasi va yashovchanligi laboratoriyada ko‘paytirilgan avlodlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar ushbu entomofagdan o‘simlik shiralariga qarshi biologik kurash vositasi sifatida samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.