Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)

MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES

Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat

Derekkózde oqıw

Annotaciya

Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish texnologiyasi takomillashtirildi hamda turli rivojlanish bosqichlarini saqlashning maqbul parametrlari baholandi. Laboratoriya sharoitida 0,5 g Sitotroga cerealella tuxumlari 3 litrli shisha ballonlarga joylashtirilib, 25–27°C harorat va 60–70% nisbiy havo namligida saqlandi. Keyinchalik har bir ballonga 400–500 ta Chrysoperla carnea tuxumlari kiritilib, lichinkalarning rivojlanishi va imagolar chiqishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari Chrysoperla carnea tuxumlarini 5–8°C harorat va 60–85% nisbiy havo namligida 30–35 kun davomida muvaffaqiyatli saqlash mumkinligini ko‘rsatdi. Bunday sharoitda saqlangan tuxumlardan 70–80% hayotchan lichinkalar ochib chiqqanligi qayd etildi. Shuningdek, 8°C harorat va 85–90% nisbiy havo namligida saqlangan imagolar 6 oygacha yashovchanligini saqlab qoldi. Fotoperiodni 10 soatgacha qisqartirish diapauza induksiyasini chaqirib, imagolar fiziologik faolligining pasayishiga olib keldi. Laboratoriya kuzatuvlari Chrysoperla carnea lichinkalari yuqori yirtqichlik xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. III yosh lichinkalari bir sutkada o‘rtacha 40– 80 ta shira (Aphididae) bilan oziqlanishi aniqlandi. Shuningdek, Chrysopa septempunctata lichinkalari sabzavot va poliz agrobiotsenozlarida yuqori biologik samaradorlik ko‘rsatib, 1:50 nisbatda tarqatilganda zararkunanda populyatsiyalarini keskin kamaytirishi qayd etildi. Olingan natijalar Chrysoperla carnea va Chrysopa septempunctata entomofaglarini samarali biologik agent sifatida baholash imkonini berib, ularni ommaviy ko‘paytirish, uzoq muddat saqlash va integrallashgan himoya (IPM) tizimlarida qo‘llash uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Jumaev Rasul & Javliyev Sunnat (2026). MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND  BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING  (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini).
GOST R 7.0.5
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND  BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING  (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). 2026.
BibTeX
@article{rasul2026,
  author  = {Jumaev Rasul and Javliyev Sunnat},
  title   = {MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND  BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING  (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year    = {2026}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Jumaev Rasul
AU  - Javliyev Sunnat
TI  - MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND  BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING  (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
JO  - Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
PY  - 2026
ER  -