Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISH HAMDA SALBIY OQIBATLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Umarov Muhammad, Nizamov Sobirjon, Absalomova Madinaxon, G‘aybulloyeva Aziza, Karimova Nilufar
Аңдатпа
Mazkur maqolada mamlakatimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, degradatsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan, xususan, hududlarda shamol eroziyasi ta’sirida tuproqning ustki unumdor qatlamining keskin kamayishi, bunday salbiy omillarning oldini olishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini va tuproqlar unumdorligi oshirishga doir tizimli chora-tadbirlar belgilanishi lozimligi bayon etiladi. Shuningdek, yer resurslaridan, ayniqsa, sug‘oriladigan tuproqlardan samarali foydalanish, ularning unumdorligini saqlash va oshirish muammolarini hal etishda, tuproq unumdorligini chegaralovchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishning ilmiy asoslarini yaratishning muhimligi, mamlakatimizda eroziyaning hamma turlari keng tarqalganligi, Mirzacho‘l hududidagi sug‘oriladigan yerlarda turli deflyatsiya jarayonlarini kuzatish natijalari keltirilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.