Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SURXONDARYO VILOYATINING SUG‘ORILADIGAN TAQIR-O‘TLOQI TUPROQLARINI GRANULOMETRIK TARKIBI
Imamov Foziljon, Boltayev Saydulla, G‘ofurova Mashhura
Annotaciya
Maqolada Surxondaryo viloyati Zafarobod massividagi tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ushbu massivdagi sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqning granulometrik tarkibi: yuqori qatlamlarda o‘rta qumoq, o‘rta qatlamlarda qumloq va pastki qatlamlarda og‘ir qumoq ekanligi aniqlanib, har ikkala dala bo‘yicha zarrachalarning asosiy ulushini 0,1-0,05 hamda 0,05-0,01 mm li fraksiyalar egallashi ma’lum bo‘ldi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.