Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA TRITIKALE (TRITICOSECALE) YETISHTIRISH DAVOMIDA HOSILDORLIKKA SHILIMSHIQ QURT (OULEMA MELANOPUS) ZARARKUNANDASINI ZARARLANISH DARAJALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA TAJRIBALAR
Sharipov San’at
Аннотация
Mazkur tadqiqot Oulema melanopus zararkunandasining Buxoro viloyati sharoitida tritikale hosildorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida dala tajribalari o‘tkazilib, zararkunandaning turli zararlanish darajalarida o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Oulema melanopus lichinkalari tomonidan barglarning zararlanishi fotosintez jarayonini susaytirib, o‘simlikning vegetativ va generativ organlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, boshoqlanish va don to‘lish davrida zararlanish hosildorlikning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zararlanish darajasiga qarab hosil yo‘qotishlari 15–45% gacha yetishi mumkinligi aniqlandi. Olingan natijalar Oulema melanopusga qarshi samarali kurash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.