Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)

MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI ELEMENTLARINI HISOBLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Xidirov Bobur, To‘rayeva Elmira

Булактан окуу

Аннотация

Mazkur maqolada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida makkajo‘xori (Zea mays L.) yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida yomg‘irlatib sug‘orish texnikasi elementlarini ilmiy asosda hisoblash, sug‘orish parametrlarini aniqlash hamda ularning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri baholangan. Tajriba davomida sug‘orish tizimining asosiy elementlari — nasos qurilmasi, magistral va tarqatuvchi quvurlar hamda purkagichlarning joylashuvi va ishlash rejimi o‘rganildi. Yomg‘irlatish jadalligi, tomchi o‘lchami va suvning dala bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, makkajo‘xorining vegetatsiya davrida tuproq namligi dinamikasi va sug‘orish me’yorlari aniqlanib, ularning o‘simlik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi tuproq namligini barqaror saqlash, suvni tejamli ishlatish va o‘simliklarning bir xil rivojlanishini ta’minlash imkonini beradi. Ushbu usulda suv sarfi an’anaviy sug‘orish usullariga nisbatan 2,0–2,5 barobar kamayganligi hamda makkajo‘xori hosildorligi oshganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi suv resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.

Цитата алуу

APA 7
Xidirov Bobur & To‘rayeva Elmira (2026). MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA  YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI  ELEMENTLARINI HISOBLASH VA  SAMARADORLIGINI BAHOLASH. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini).
GOST R 7.0.5
Xidirov Bobur, To‘rayeva Elmira MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA  YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI  ELEMENTLARINI HISOBLASH VA  SAMARADORLIGINI BAHOLASH // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). 2026.
BibTeX
@article{bobur2026,
  author  = {Xidirov Bobur and To‘rayeva Elmira},
  title   = {MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA  YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI  ELEMENTLARINI HISOBLASH VA  SAMARADORLIGINI BAHOLASH},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year    = {2026}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xidirov Bobur
AU  - To‘rayeva Elmira
TI  - MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA  YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI  ELEMENTLARINI HISOBLASH VA  SAMARADORLIGINI BAHOLASH
JO  - Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
PY  - 2026
ER  -