Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
IMPORT QILINGAN GMO G‘O‘ZA NAVLARINI ZARARLI ORGANIZMLAR BILAN ZARARLANISHI
Marupov Abbosxon, Turamuratova Gulshod, Maxmudov Murod
Abstract
Mazkur tadqiqotda chetdan import qilingan GMO g‘o‘za navlarining zararli organizmlar bilan zararlanish xususiyatlari o‘rganildi. 2024–2025 yillarda o‘tkazilgan dala va lizimetr tajribalarida ayrim navlarda ko‘sak qurti va g‘o‘za tunlamiga moyillik aniqlandi, boshqa navlarda esa zararlanish kuzatilmadi. Shu bilan birga, navlarning zararlanish darajasi ularning genetik tozaligi bilan bog‘liq ekanligi qayd etildi. Ayrim holatlarda so‘ruvchi hasharotlarga moyillik kuzatildi, biroq O‘zbekiston uchun xavfli karantin organizmlar aniqlanmadi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.