Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA AFRIKA TARIG‘INING O‘SISHI VA HOSILDORLIGIGA TUPROQDAGI HARAKATCHAN FOSFOR MIQDORINING O‘ZGARISH DINAMIKASI SEZILARLI TA’SIR KO‘RSATADI
Kasimov Botir, Odilova Nilufar
Abstract
Bugungi kunda jahon miqyosida yetishtirilayotgan donli qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda chorvachilik uchun yashil massa beradigan mahsulotlar bilan bog‘liq bozor muammolarini bartaraf etish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Olib borilgan tajribalarda mineral o‘g‘itlar N-120, P₂O₅-85 va K₂O-60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilgan variantlarda pishish davrida P₂O₅ miqdori 23,2–10,9 mg/kg atrofida bo‘lib, o‘simliklar tomonidan yuqori darajada o‘zlashtirilgani kuzatildi. Shuningdek, ushbu o‘g‘itlar fonida asosiy o‘g‘itlash jarayonida 20 tonna go‘ng qo‘llanilganda eng maqbul natijalarga erishilib, tuproq unumdorligining ham yuqori darajada ta’minlangani aniqlandi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.