Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
KUZGI BUG‘DOYDA BARGDAN OZIQLANTIRISHDA O‘SIMLIKLARNI RIVOJLANISH DAVRLARIGA UMUMIY NPK MIQDORLARINING O‘ZGARISHI
Djabborov Shavkat, Musurmonova Mukambar
Abstract
Kuzgi bug‘doyni oziqa moddalarini maqbul o‘zlashtirish va o‘simliklarni rivojlanishiga sarflashi bo‘yicha maqbul ko‘rsatkichlar ildiz orqali N180, P2O5-125, K2O-90 kg/ga va barg orqali karbamid asosidagi suspenziyalar 8,0 kg/ga naychalashda va 12,0 kg/ga boshoqlashda qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Bargdan oziqlantirish usuli orqali mikro va makroelementlarni o‘z vaqtida yetkazib berish o‘simliklarning stressga chidamliligini oshiradi hamda o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini yuqori darajaga ko‘taradi. Shu sababli, kuzgi bug‘doy yetishtirishda rivojlanish fazalariga mos holda muvozanatli NPK qo‘llash yuqori hosil va sifatli don olishda muhim omil hisoblanadi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.