Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA OQBOSH VA GULKARAM EKINLARINING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Aslamov Dilshod
Annotaciya
Ushbu maqolada Samarqand viloyati tipik bo‘z tuproqlar sharoitida oqbosh karam va gulkaram ekinlarining fotosintetik faoliyatiga turli fosforli o‘g‘itlarning ta’siri o‘rganilgan. N180K90 fonida turli fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda oqbosh karam va gulkaramning fotosintetik faoliyati nisbatan yaxshilangan. O‘rtacha uch yillik (2021-2023-yillar) tadqiqot natijalariga ko‘ra, oqbosh karamda eng yuqori ko‘rsatkich superfosfat va Ps-agro o‘g‘itlari qo‘llanilgan variantlarda kuzatilgan. Shuningdek, gulkaram ekinida esa fotosintetik potensial va fotosintetik sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlarida superfosfat va NKFU hamda Ps-agro va ammofos o‘g‘itlari teng ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.