Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQNING UMUMIY FIZIK XOSSALARIGA NO-TILL TEXNOLOGIYASINI TA’SIRI
Toshkanova Xulkar, Shadiyeva Nilufar, Majidova Sarvinoz, Abidinova Laylo
Annotaciya
Mazkur maqolada lalmikor yerlarda qo‘llanilgan an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasini tipik bo‘z tuproqlarni umumiy fizik xossalarida kechayotgan o‘zgarishlari taqqoslangan. An’anaviy usulda ishlov berilganda tuproq zichlashib, uning zichligi 1,30-1,44 g/sm3 ga, g‘ovakligi esa 47-52% gacha kamaygan. No-Till qo‘llanilganda hajm og‘irlik 1,25-1,37 g/sm3 gacha kamayib, g‘ovaklik esa 46-50% ni tashkil etgan. Shuningdek, tuproqning suv-havo rejimiga qiyalik ekspoziyasining yo‘nalishi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, No-Till tuproq tuzilishini yaxshilashga va yuza suv eroziyani kamaytirishga yordam bergan. Ushbu No-Till texnologiyasi lalmi yerlarda barqaror dehqonchilikni rivojlantirishga xizmat qilishi, ekologik xavfsizligi, resurs tejamkor va uzoq muddatli unumdorlikni saqlovchi tizim ekanligi isbotlandi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.