Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MIRZACHO‘L VOHASI TUPROQLARINING GRANULOMETRIK VA MIKROAGREGAT TARKIBI
Botirov Shavkat, Kurvantayev Raxmon
Abstract
Ushbu Maqolada Sirdaryo viloyati Boyovut, Oqoltin, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlari hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarning granulometrik va mikroagregat tarkibi o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida ushbu tuproqlarda yirik chang zarrachalariga nisbatan mayda qumli zarrachalar miqdori birmuncha yuqori ekanligi aniqlangan. Ushbu hududlarda il miqdori ham ko‘p emas (1-19,5 %). granulometrik tarkibiga ko‘ra og‘ir qumoqli sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarda fizik loy miqdori ko‘p, ayniqsa yuqori qatlamlarda aniq sezilarli darajada ekanligi yaqqol kuzatildi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.