Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA OG‘IR METALLAR TA’SIRIDAGI AGROEKOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR
Mirxaydarova Gulmira, Ro‘zmatova Sevinch, Mirzag‘ofurova Ozodaxon
Аннотация
Ushbu maqolada sanoat zonalarida joylashgan sug‘oriladigan tuproqlarning morfologik va agroekologik xususiyatlari hamda ularning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Piskent tumani hududida olib borilib, tuproq kesmalari asosida morfologik va kimyoviy tahlillar amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir metallar tuproqda biologik parchalanmaydi va vaqt o‘tishi bilan to‘planib boradi. Bu esa tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa Cd, Pb, Zn va As elementlarining yuqori konsentratsiyasi aniqlanib, ularning texnogen kelib chiqishi tasdiqlandi. Tuproq profilida zichlanish, karbonatlarning migratsiyasi hamda biologik faollikning pasayishi kuzatildi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.