Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHIRIN QALAMPIRNING GETEROZIS DURAGAYLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA SHAKLLARINI TANLASH TAMOYILLARI
Axmedov Baxtiyor
Abstract
Ushbu maqolada shirin qalampirning istiqbolli geterozis duragaylarini yaratish uchun ota-ona shakllarini tanlash tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda mahalliy («Dar Tashkenta», «Zarya Vostoka», «Tong» va boshqalar) hamda introduksiya qilingan («Anetta F1», «Jemini F1» va boshqalar) namunalar oʻzaro chatishtirildi. Ekologo-geografik va qimmatli xoʻjalik belgilari tamoyillari asosida 50 ta duragay kombinatsiyasi olinib, ularning texnik va biologik pishish davridagi mahsuldorligi tahlil qilindi. Natijada mahalliy iqlimga moslashgan, yuqori hosildor va ekologik barqaror eng istiqbolli duragaylar ajratib olindi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.