Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
O‘RIK NAVLARINI SUN’IY CHATISHTIRISH ORQALI YANGI DURAGAYLAR OLISH
Ro‘zimurodov Musurmon, Xamidov Akbar
Annotaciya
Ushbu maqolada Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiya bo‘limida 2025-yilda o‘rik navlarini navlararo sun’iy chatishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan. Tadqiqotda “Yubeliyniy Navoiy” va “Shalaq” navlari onalik, mahalliy “Subxoniy” navi esa otalik sifatida tanlab olinib, oddiy sun’iy changlatish usuli qo‘llanildi. Gullash davrida onalik gullarning changchilari olib tashlanib, tashqi changlanishdan himoyalash uchun maxsus material bilan o‘rab qo‘yildi va otalik changi qo‘lda surtilib chatishtirish amalga oshirildi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.