Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Annotatsiya
Ushbu maqolada Namangan viloyatining Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi intensiv olma bog‘larida xavfli zararkunanda — qizil qon bitiga qarshi zamonaviy insektoakarasidlarning biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajribalar davomida Nurell ekstra 55% em.k., Tvingo 20% sus.k., Protekt 5% em.k. va Vinfos 75% em.k. preparatlarining ta’sir kuchi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Vinfos 75% em.k. preparati 0,5 l/ga sarf me’yorida qo‘llanilganda, ishlovdan keyingi 14-kunga kelib eng yuqori biologik samaradorlikni (93,3%) qayd etdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.