Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MAKKAJO‘XORINI DON VA YASHIL MASSA HOSILDORLIGIGA BIOLOGIK FAOL MODDALAR BILAN BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING TA’SIRI
Suvanov Boymurod, Azizov Kobuljon
Аннотатсия
Mazkur tadqiqotda makkajo‘xorining “Kelajak 100” navini bargidan biologik faol qo‘shimcha moddalar bilan oziqlantirishning o‘suv davri, morfologik belgilari, don va yashil massa hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalarda Xumuz baraka, BioDeposit va Biomeks-kemi preparatlari qo‘llanilib, oziqasiz variant nazorat sifatida olindi. Olingan natijalarga ko‘ra, Biomeks-kemi preparati bilan ishlov berilgan variantda o‘suv davri qisqarishi, o‘simlik bo‘yi, barg soni, so‘ta morfologik ko‘rsatkichlari hamda don va yashil massa hosildorligi eng yuqori bo‘ldi. Ushbu variantda don hosildorligi 8,59 t/ga, yashil massa hosildorligi 49,50 t/ga ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari “Kelajak 100” navidan yuqori va sifatli hosil olishda bargidan biologik faol qo‘shimch moddalar, ayniqsa Biomeks-kemi preparatini qo‘llash samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.