Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SHOLI KOLLEKSIYA NAMUNALARINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA BAHOLASH VA KLASTER TAHLILI
Komilov Shikhnazar, Qodirov Baxtiyorjon
Abstract
Xorazm mintaqasining sho‘rlangan tuproqlarida barqaror hosil beruvchi sholi genotiplarini aniqlash oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhimdir. Maqolada 67 ta sholi namunasining xlorli va sulfatli sho‘rlanish stressiga chidamliligi laboratoriyada baholandi. Natijalarga ko‘ra, namunalarning 9% qismi yuqori chidamli (I klass), 28% qismi o‘rtacha chidamli (II klass) va 63% qismi sho‘rga nochidamli (III klass) deb topildi. Namunalar orasida LD-2022.2, KS- 2022.2 va NZ-2022.2 genotiplari eng yuqori barqarorlik ko‘rsatib, alohida klaster hosil qildi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.