Science time Том 3 № 4 (2025) · с. 47-56
TARIX FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Javohir Akmaljon o‘g‘li, Sodiqjonov
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida tarix fanini o‘qitishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda mustaqil ta’limning nazariy-metodik asoslari, uni amalga oshirishda metodik, psixologik, tashkiliy va texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, tarix ta’limi jarayonida mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va tarixiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Tajriba-sinov ishlari natijasida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish ta’lim sifati va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishi aniqlangan. Maqola yakunida oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
mustaqil ta’lim, tarix fani, pedagogik shart-sharoitlar, oliy ta’lim, kredit-modul tizimi, talaba faolligi, tahliliy fikrlash, ta’lim samaradorligi, metodik yondashuv, innovatsion texnologiyalar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.