Science time 4-tom 5-san (2026) · 12-16-betler
MAHALLIY VA XALQARO PLATFORMALARDA TURIZM KONTENTINING TURLARI VA USLUBLARI
Lobar Shonazar qizi, Yuldasheva
Annotaciya
Mazkur maqolada mahalliy va xalqaro platformalarda turizm kontentining asosiy turlari va ularni yaratish uslublari tahlil qilinadi. Raqamli media rivoji natijasida turizm sohasi kontent marketingiga tobora ko‘proq tayanmoqda. Tadqiqot davomida ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Instagram, YouTube), onlayn bronlash tizimlari (Booking.com, Tripadvisor) va milliy turizm portallaridagi kontentlar o‘rganildi. Maqolada turizm kontentining vizual (foto va video), matnli (blog, maqola), interaktiv (virtual turlar, xaritalar) hamda foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent (UGC) kabi turlari ajratib ko‘rsatiladi. Shuningdek, kontent yaratishda hikoyalash (storytelling), autentiklik, madaniy kontekstni aks ettirish va auditoriyaga moslashuv kabi uslublarning ahamiyati asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar: turizm, kontent marketing, raqamli media, vizual kontent, UGC, storytelling, platformalar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.