Science time 4-jild 5-son (2026) · 355-361-betlar
TILLARNING O‘ZARO ALOQASI VA KULOLCHILIK LEKSIKASI
Sherzod Norqo‘ziyevich, Sariyev
Annotatsiya
Ushbu maqola maqola o‘zbek tilidagi kulolchilik leksikasining tarixiy taraqqiyotida tillararo aloqalarning tutgan o‘rni va leksik o‘zlashma jarayonlarining genezisini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘zbek kulolchilik atamalari tarkibida fors-tojik, arab, mo‘g‘ul, xitoy va rus tillaridan o‘zlashgan leksik birliklarning hududiy taqsimoti, semantik moslashuvi va fonetik adaptatsiyasi xususiyatlari areal-tipologik hamda etimologik metodlar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek kulolchilik leksikasining 42% ga yaqini o‘zlashma so‘zlardan iborat bo‘lib, ulardan eng katta ulush fors-tojik (24,8%) va arab (9,3%) tillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘zlashmalar, asosan, IX–XII asrlardagi Markaziy Osiyo madaniy uyg‘onish davrida shakllangan va kulolchilik hunarining texnologik takomillashuvi bilan bevosita bog‘liqdir.
areal lingvistika, arabizmlar, tillarning o‘zaro aloqasi, til kontaktlari, leksik o‘zlashma, kulolchilik leksikasi, fors-tojik o‘zlashmalari, fonetik adaptatsiya, sotsiolingvistika, semantik moslashuv, hunarmandchilik terminologiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.