Science time Volume 4 Issue 8 (2026) · pp. 82-88
SIYOSIY DISKURSNING BOSHQA NUTQ JANRLARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATI
Soxibaxon, Yunusova
Abstract
Mazkur maqolada siyosiy diskursning boshqa nutqiy janrlar bilan o‘zaro munosabati lingvistik, pragmatik va kommunikativ nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Siyosiy diskursning o‘ziga xos xususiyatlari, uning ommaviy axborot vositalari diskursi, publitsistik, huquqiy, diplomatik, reklama va kundalik kommunikatsiya kabi nutqiy janrlar bilan kesishuvchi hamda farqlanuvchi jihatlari keng tahlilga tortilgan. Tadqiqotda siyosiy kommunikatsiyaning janrlararo tabiati, turli nutqiy shakllarning siyosiy mazmunni shakllantirish, uzatish va talqin etishdagi roli aniqlangan. Shuningdek, siyosiy diskurs tarkibida boshqa janrlarga xos lingvistik va semantik-pragmatik birliklarning qo‘llanishi, ularning adresatga ta’sir ko‘rsatish, muayyan ijtimoiy-siyosiy pozitsiyani shakllantirish hamda kommunikativ maqsadni amalga oshirishdagi funksional imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada janrlararo aloqadorlik siyosiy diskursning kommunikativ strategiyalari, pragmatik potensiali va ta’sirchanligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida talqin qilingan. Tadqiqot natijalari siyosiy diskursning murakkab, ko‘p qatlamli va dinamik kommunikativ hodisa ekanligini asoslashga xizmat qiladi.
siyosiy diskurs, nutqiy janr, siyosiy kommunikatsiya, kommunikativ strategiya, adresat, adresant, diskurs.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.