Innovations in Science and Technologies Ҷилди 1 № 1 (2024) · Саҳифаҳои 49-58
TEXNOGEN VA MILLIY ONG MUVOZANATINING MILLIYTARAQQIYOTDA NAMOYON BO’LISHI
Avlakulov, Aktam
DOI: 10.5281/zenodo.10815776 Дар манбаъ хондан PDF
Аннотатсия
Texnogen sivilizatsiyaning vujudga kelishi dunyo davlatlarining iqtisodiy о‘sishini ham tezlashtirib, sanoat va ishlab chiqarishda katta о‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, robotlashtirish kabi sa‘y-harakatlar mahsulot ishlab chiqarish quvvatini bir necha barobar oshirib yubordi. Buning natijasida kishilarda iqtisodiy manfaatdorlik, foyda olish asosiy maqsadga aylandi. Fan-texnika sohasidagi inqilob kishilar hayotining ham tezlashishiga, texnika va texnologiya vositalarining ommaviylashuviga olib keldi. Bu o’z navbatida kishilarda texnogen ongning vujudga kelishini va uni milliy ong darajasiga ko’tarilishiga turtki bo’ldi. Bugungi kunga kelib esa, milliy ong va texnogen ong o’rtasidagi munosabat turli sohalarda ijobiy va salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Texnogen ong va milliy ong o’rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish va uni milliy taraqqiyotni ta’minlashga yo’naltirish dolzarb ahamiyat kas etib bormoqda. Maqolada muayyan adabiyotlar tahlili asosida ushbu masalalarga doir qarashlar ilgari surilgan.
sivilizatsiya, texnogen sivilizatsiya, texnogen ong, milliy ong, milliy taraqqiyot.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.