Innovations in Science and Technologies Том 2 № 1 (2025) · с. 1-7
MILLIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA YUTUQLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Avlakulov, Aktam
Аннотация
Globallashuvning shiddat bilan rivojlanib borishi bugungi davrda texnogen sivilizatsiya jarayonlari rivojini ham tezlashtirib yubordi. Rivojlanib borayotgan texnogen sivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo‘lish, uni tashkil etishda dunyo mamlakatlari tajribalarinio‘zlashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishning barcha imkoniyatlari va yo‘llarini izlab topish bugungi kunda endi rivojlanish yo‘liga kirgan, yosh suveren mamlakatlar uchun o‘ta muhim talabdir. Dunyo mamlakatlari, millatlar va xalqlar bugungi kundagi talablarni qondirishning yangi, zamonaviy usullarini o‘ylab topishda tinmay izlanayotgan bir paytda, shunchaki, chetda tomoshabin bo‘lib kuzatib turish hech qanday foyda bermaydi. Shunday ekan, har bir millat, xalq va mamlakat davrning talabi bilan yashashi, kishilar hayoti bilan hamnafas bo‘lishi, o‘zlarining orzu-intilishlari amalga oshishi uchun sharoit hozirlashi, barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishi zarur.
globallashuv, sivilizatsiya, texnogen sivilizatsiya, texnogen ong, intellektual salohiyat, milliy taraqqiyot, shaxs axloqi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.