Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 1 (2025) · pp. 159-170
O‘zbekiston Temir Yo‘llarida Investitsiyalarni Zaxiralash Asosida Investitsiyalar Holatini Tahlili va Samarali Rivojlantirish Imkoniyatlari
Abirova, Nargizabonu
Abstract
Ushbu tadqiqotda transport sohasi avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transportlari bo‘yicha o‘rganiladi. Ularning har birining o‘rni, yuk tashish imkoniyatlari, hajmi, xizmat ko‘rsatish infrastrukturalari hamda tabiiy-geografik, iqtisodiy-ijtimoiy omillari tahlil qilinadi. Xususan, temir yo‘l transporti mamlakatimizda o‘ziga xos tarix va an’anaga ega transport sohasi sifatida taraqqiy etib kelmoqda. Temir yo‘l transportining o‘rni, rivojlanishi va istiqboliga oid ma’lumotlar yetarlicha keng emas, mavjudlari esa tor doiradagi statistik ma’lumotlar bilan chegaralangan. Ushbu sohaga oid bilimlarni kengaytirish zarurati mavjud. Temir yo‘l transporti geografiyasi odatda transport geografiyasi bo‘yicha adabiyotlar, maqolalar va monografiyalarda faqat bir bo‘lim sifatida ko‘ribchiqilgan. Bu yondashuv ko‘pincha temir yo‘llar uzunligi, elektrlashganligi, tashilgan yuk va yo‘lovchi ko‘rsatkichlari bilan cheklanadi, bu esa to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini kamaytiradi. Shu sababli, sohaga oid chuqurroq va kengroq ma’lumot olish uchun bir nechta adabiyotlar va internet manbalariga murojaat qilish talab etiladi.
transporttemir yo‘l transportitransport geografiyasiyuk tashish imkoniyatlaritransport infratuzilmasiiqtisodiy-ijtimoiy omillar
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.