Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 1 (2025) · Саҳифаҳои 10-17
TROMBOFILIYA GENLARI MUTATSIYALARI BO‘LGAN BEMORLARDA GEMOSTAZ BUZILISHINING KLINIK KO‘RINISHINI O‘RGANISH
Yusupova, Oydin
Аннотатсия
Ushbu ishda trombofiliya bilan bog‘liq bo‘lgan genetik tasdiqlangan mutatsiyalarga ega bemorlarda gemostaz buzilishining klinik manzarasi xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. F5 (Leyden mutatsiyasi) va F2 (protrombin G20210A) mutatsiyalarining uchrashish chastotasi, ularning venoz trombozlar, tromboemboliyalar va homiladorlik asoratlari rivojlanishidagi roli tahlil qilindi. Koagulogramma laboratoriya ko‘rsatkichlari va aniqlangan mutatsiyalar kontekstidagi o‘zgarishlar o‘rganildi. Ishda genetik omillarni erta aniqlash va individual yondashuv zarurligi alohida ta’kidlangan. O‘tkazilgan tahlil, trombofiliya bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish va davolashda genetik testlarning ahamiyatini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
gemostaz, trombofiliya, Leyden mutatsiyasi, protrombin G20210A, genetik test, venoz tromboz, tromboemboliya, homiladorlik asoratlari, koagulogramma, individual terapiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.