Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 2 (2025) · Саҳифаҳои 175-182
IJTIMOIY TARMOQLARNING MOLIYAVIY XATTI-HARAKATLARGA TA’SIRI
Eshpulatova, Muazzam
Аннотатсия
Mazkur tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning moliyaviy xatti-harakatlarga ta’sirini Axborot kaskadlari nazariyasi asosida baholaydi. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy media orqali tarqaluvchi moliyaviy maslahatlar, investitsiya tavsiyalari va firibgarlik sxemalari natijasida yuzaga keladigan moliyaviy xatti-harakatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda Telegram, Instagram va TikTok kabi platformalar orqali ommaviy investitsiya trendlari qanday shakllanayotgani, foydalanuvchilarning shaxsiy moliyaviy tahlil o‘tkazish qobiliyatiga qanday ta’sir qilayotgani, va bu jarayonning moliyaviy savodxonlik bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Axborot kaskadlari orqali investitsiya qarorlarini shakllantirishda noto‘g‘ri axborotning roli, firibgarlik xavflari va ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha strategik yondashuvlar tavsiya etiladi.
ijtimoiy tarmoqlar, moliyaviy xatti-harakatlar, axborot kaskadlari, investitsiya qarorlari, moliyaviy savodxonlik, firibgarlik sxemalari, kriptoaktivlar, ommaviy kreditlash, moliyaviy ta’lim
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.