Innovations in Science and Technologies 2-jild 1-son (2025) · 40-48-betlar
KOMPOZIT MATERIALLARNING RADIOSHAFFOFLIGINI OʻLCHASHNING METROLOGIK ASOSLARI
Nazerbaeva, Maftuna, Jumamuratov, Bexzod, Eshmuradov Dilshod Elmuradovich, Eshmuradov Dilshod Elmuradovich
Annotatsiya
Havo kemalarining konstruksiyasida kompozit materiallardan foydalanish aviasiya sanoatidagi eng muhim texnologiyalik taraqqiyotlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda samolyotlar, vertolyotlar va dronlarning aerodinamik xususiyatlarini yaxshilash, ogʻirligini kamaytirish va yoqilgʻi tejamkorligini oshirish maqsadida turli kompozit materiallar keng qoʻllanilmoqda.Ushbu maqolada kompozit materiallarning radioshaffofligini oʻlchashning metrologik asoslari tahlil qilinadi. Radioshaffoflik koʻrsatkichlarini aniqlashda qoʻllaniladigan oʻlchov usullari, ularning aniqligi va ishonchliligini ta'minlash yoʻllari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, oʻlchash jarayonidagi asosiy metrologik talablar va ularni amalga oshirish usullari muhokama qilinadi. Kompozit materiallarning radioshaffofligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning oʻlchash natijalariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida radioshaffoflikni baholash uchunsamarali oʻlchash metodikalari taklif etiladi.
VK-9 keramika yelim, havo kemasi, kompozit materiallar(KM), radioshaffoflik, elektromagnitlik, yutish koeffitsienti, nanokompazitlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.