Innovations in Science and Technologies 2-том 3-нөмір (2025) · 497-508-беттер
INVESTITSION KORXONALARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISH VA ULAR FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ISTIQBOLLI YO‘LLARI
Ergashev, Alijon
Аңдатпа
Ushbu maqolada, investitsiya faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi va korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada, investitsion korxonalarning salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, huquqiy, moliyaviy va infratuzilma sharoitlari keltiriladi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv uslublarining investitsiya faoliyatiga ta’siri, shuningdek, davlatning investitsiya muhiti va qo‘llab-quvvatlash siyosati muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada investitsiya muhitini yaxshilash, xususiy va davlat sektorining hamkorligini rivojlantirish, korxonalarni yanada samarali boshqarish va ularga zarur moliyaviy resurslarni taqdim etishning ahamiyati ta’kidlanadi. Boshqa tomondan, istiqbolli tarmoqlarga, jumladan, yuqori texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, ekologik barqarorlik va raqamli iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning afzalliklari keltirilgan. Maqolada investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar va strategiyalar taklif etiladi. Bu maqola investitsion faoliyatni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etadi
инвестицияларинновацион ёндашувларинвестицион фаолиятсаноат корхоналарииқтисодий салоҳиятреал сектор
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.