Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 3 (2025) · Саҳифаҳои 1149-1156
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA’LIMDA QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
Abdullayeva, Iroda, Sharipova, Zulfiya
Аннотатсия
Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakat ta’lim tizimida yuz berayotgan sifat o‘zgarishlari, ayniqsa, o‘quv jarayonining interaktiv, moslashuvchan va individual yondashuvlarga asoslangan shakllarga o‘tishi yoritib berilgan. Maqolada raqamli transformatsiyani ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari, platformalar va raqamli infratuzilmaning kengaytirilishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiyaning takomillashgani, bilimlarni egallash darajasining oshgani, hamda zamonaviy mehnat bozorida raqamli savodxonlik va texnologik kompetensiyalarning ustuvor ahamiyat kasb etayotgani tahlil qilinadi. Maktab o‘quvchilari, kasbhunar kollejlaridagi yoshlar va oliy ta’lim muassasalari talabalarining raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy uslub va vositalarning tutgan o‘rni alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekistonning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarning amaliy samaradorligi, mavjud muammolar va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar ham yoritilgan bo‘lib, maqola natijalari raqamli texnologiyalarni samarali joriy etishda ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
raqamli iqtisodiyotzamonaviy mehnat bozoriaxborot texnologiyalarta’lim sifatiinnovatsion yondashuvlar
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.