Innovations in Science and Technologies Том 2 № 4 (2025) · с. 348-358
YANGI O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNI MOLIYAVIY VA INSTITUTSIONAL QO‘LLABQUVVATLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Tojiyev, Jаvlonbek
Аннотация
Ushbu maqolada kichik va o‘rta biznesda moliyaviy menejmentning asosiy muammolari, jumladan, moliyaviy rejalashtirishda yuzaga keladigan kamchiliklar, kredit olishning cheklanganligi va daromadlarning beqarorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada moliyaviy hisob vanazoratni tashkil etishda tadbirkorlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar, shuningdek, iqtisodiy omillarning kompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, muammolarning amaliy yechimiga alohida e’tibor qaratilib, samarali moliyaviy strategiyalarni tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish hamda moliyaviy konsultantlarning maslahatlariga e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan. Tadqiqot o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitda kichik va o‘rta biznesning raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirish uchun moliyaviy menejmentni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
kichik va o‘rta biznes, moliyaviy menejment, moliyaviy rejalashtirish, kredit, daromad, moliyaviy hisob, moliyaviy strategiya, pul oqimi, moliyaviy maslahatchi, raqobatbardoshlik.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.