Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 4 (2025) · Саҳифаҳои 134-141
HUDUDLAR IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIYMETODOLOGIK ASOSLARI
Madraximov, Umirbek
Аннотатсия
Ushbu maqolada hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariymetodologik asoslari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida hududiy iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mohiyati, uning mazmuni, shakllanishi va rivojlanishiga oid zamonaviy ilmiyqarashlar tizimli ravishda o‘rganilgan. Hududlar iqtisodiy xavfsizligini baholashning xalqaro amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribalar qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, hududiy iqtisodiy xavfsizlik darajasini aniqlovchi asosiy indikatorlar tizimi hamda ushbu indikatorlarni aniqlash bo‘yicha taklif etilayotgan metodologik yondashuvlar batafsil bayon etilgan. Tadqiqot natijasida hududlar iqtisodiy xavfsizligini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va iqtisodiy xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etish yuzasidan zarurchora-tadbirlar tavsiya etilgan.
hududlar iqtisodiy xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik nazariyasi, xavfsizlik indikatorlari, baholash metodologiyasi, xavfsizlik mexanizmlari, hududiy iqtisodiy siyosat.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.