Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 5 (2025) · Саҳифаҳои 107-114
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI NOMUTANOSIBLIKLARINING JORIY HOLATI VA TAHLILI
Mullabayev, Baxtiyarjon
Аннотатсия
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha mavjud nomutanosibliklarning zamonaviy holati kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida mamlakat hududlari bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, sanoat ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasi rivojlanishi, bandlik darajasi, daromadlar va aholi turmush darajasi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari sifatidagi hududiy tafovutlar batafsil baholangan. Muallif tomonidan hududiy nomutanosibliklarning yuzaga kelishiga olib keluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional sabablar ilmiy asosda aniqlangan va ularning oqibatlari o‘rganib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, hududlardagi nomutanosibliklarni kamaytirishga qaratilgan davlat siyosatini yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasida hududiy siyosat samaradorligini oshirish va barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hududiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblik, hududiy siyosat, iqtisodiy tafovutlar, infratuzilma, investitsion faoliyat, hududlararo farqlar, rivojlanish ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston hududlari.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.