Innovations in Science and Technologies 2-том 5-сан (2025) · 99-106-беттер
KICHIK VA O‘RTA BIZNES SUBYEKTLARIDA INVESTITSIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Fayzullayev, Ulug‘bek
Аннотация
Ushbu maqolada kichik va o‘rta biznes subyektlarida investitsiya samaradorligini oshirishning nazariy asoslari batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda kichik va o‘rta biznes subyektlarining iqtisodiy rivojlanishda tutgan o‘rni, ularning mamlakat iqtisodiy barqarorligiga taʼsiri va iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati nazariy asosda ochib berilgan. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes subyektlarida investitsiya faoliyatining hozirgi holati tahlil qilinib, investitsiya samaradorligiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar, xususan, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini boshqarish, tavakkalchiliklarni minimallashtirish va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish kabi jihatlar chuqur tadqiq etilgan. Muallif tomonidan kichik va o‘rta biznes subyektlarida investitsiyalarni samarali boshqarishning zamonaviy usullari va mexanizmlari ko‘rib chiqilib, investitsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur maqolaning ilmiy-amaliy natijalari kichik va o‘rta biznesning raqobatbardoshligini kuchaytirish, iqtisodiy faolligini oshirish hamda iqtisodiy o‘sishni taʼminlash uchun amaliy ahamiyatga ega.
kichik biznes, o‘rta biznes, investitsiya samaradorligi, investitsion faoliyat, investitsiyalarni boshqarish, tadbirkorlik subyektlari, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya salohiyati.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.