Innovations in Science and Technologies Том 2 № 5 (2025) · с. 367-374
NOFILOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING CHET TIL O‘RGANISHGA BO‘LGAN EHTIYOJLARI VA TIL O‘QITISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Sidikova, Shohsanam
Аннотация
Mazkur maqolada nofilologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining chet tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlari hamda ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida talabalar til o‘rganishda duch keladigan muammolar, ularning kasbiy ehtiyojlari va motivatsiyasi asosida til o‘qitish metodikasi moslashtirilishi zarurligi ta’kidlanadi. Nofilologik yo‘nalish talabalarining til o‘rganishga yondashuvi filologiya yo‘nalishidagilardan farq qilishi, ular uchun til – aloqa vositasi sifatida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning muhim qismi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, samarali ta’lim jarayoni uchun kommunikativ yondashuv, kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlar va interfaol metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Maqolada o‘quvchilarning individual va yoshga doir xususiyatlarini inobatga olish orqali chet tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga doir takliflar ham berilgan.
til, muloqot, ingliz tili, talaba, o‘qituvchi, kompetensiya, o‘qitish, baholash, xalqaro me’yor, pedagogika
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.