Innovations in Science and Technologies 2-том 6-нөмір (2025) · 128-135-беттер
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH STRATEGIYALARI
Ernazarova, Nilufar
Аңдатпа
Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanib, O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allik darajasini qisqartirishning samarali strategiyalari tahlil qilinadi. Mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarning ahamiyati oshib bormoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekistonning turli hududlarida oilaviy tadbirkorlik loyihalarining hozirgi holati o‘rganildi hamda mavjud muammolar aniqlanib, yechimlari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlik uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari, moliyaviy imtiyozlar va maslahat xizmatlarining samaradorligi ham baholandi. Maqolada davlat-xususiy sheriklik dasturlarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan institutsional va tashkiliy jihatlar ham batafsil tahlil etildi. Natijada, oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi kambag‘allikni qisqartirishda muhim rol o‘ynashi aniqlandi va ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
davlat-xususiy sheriklik, oilaviy tadbirkorlik, kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiy barqarorlik, institutsional mexanizmlar, moliyaviy imtiyozlar, mahalliy rivojlanish, maslahat xizmatlari, kichik biznes, ijtimoiy rivojlanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.