Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 6 (2025) · pp. 136-142
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDA HUDUDIY BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY OMILLARI
Mahmudov, Bahriddin
Abstract
Maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish tizimini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari chuqur tahlil qilingan. O‘zbekiston sharoitida hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan hamda mavjud muammolar ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqot davomida hududiy boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy va iqtisodiy omillar, jumladan, davlat boshqaruv organlarining vakolatlarini taqsimlash, boshqaruv mexanizmlarini optimallashtirish, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash hamda mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini kengaytirish kabi jihatlar asosiy e’tiborga olingan. Shuningdek, hududiy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy va institutsional baza holati tahlil etilgan. Olib borilgan tahlillar natijasida, hududlarni boshqarishda mavjud iqtisodiy va tashkiliy muammolarni bartaraf qilish, resurslardan samarali foydalanish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
hududiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, tashkiliy-iqtisodiy omillar, boshqaruv samaradorligi, moliyaviy resurslar, davlat boshqaruvi, institutsional omillar, raqobatbardoshlik, mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiy mexanizmlar, boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.