Innovations in Science and Technologies 2-tom 6-san (2025) · 170-177-betler
ICHKI TURIZMNING RIVOJLANISH MEXANIZMLARI: O‘ZBEKISTONDAGI SO‘NGGI ISLOHOTLAR VA GLOBAL TENDENSIYALAR
Xasanova, Ruxsora
Annotaciya
Ushbu maqolada jahon turizm sanoatidagi raqobatning kuchayishi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda turizmdan tushgan daromad 3,3 trln AQSh dollarini tashkil etgan. O‘zbekistonda ham ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” doirasida mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida aniq vazifalar belgilab olingan. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soha rivojiga turtki bermoqda.O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va islohotlar, xususan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan. Ichki turizmni rivojlantirishda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish, axborot asimmetriyasi muammosini bartaraf etish, mahalliy turistlar ehtiyojlarini qondirish muhim vazifalar sifatida qayd etilgan
ichki turizm, iqtisodiy o‘sish, mahalliy turistlar, turizm islohotlari, barqaror rivojlanish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar, raqobat, sayohat,samaradorlik,tendentsiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.