Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 301-305-betlar
KICHIK BIZNES SUBʼEKTLARIGA INVESTITSIYA JALB QILISHDA “INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISH” MEXANIZMI
Nematulloyev, Suxrob
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlariga investitsiya jalb қилиш jarayonida yuzaga keladigan bank risklarini samarali boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor, investitsiya risklarini baholash va ularni minimal darajaga tushirish orqali tijorat banklarining kredit siyosatini optimallashtirishga qaratilgan. Tadqiqotda zamonaviy risklarni boshqarish modellari, xususan “Risklarni aniqlash – baholash – strategiya tanlash – monitoring – qaror qabul qilish” bosqichlarini o‘z ichiga olgan tizimli yondashuv asosida bank investitsiyaviy faoliyatining barqarorligini ta’minlash mexanizmi taklif etilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy davlatlar tajribasi asosida empirik misollar keltirilib, O‘zbekiston bank sektorida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Ilmiy ish natijalari kichik biznesning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va banklar tomonidan investitsion risklarni boshqarishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
kichik biznes, investitsiya, risklarni boshqarish, bank risklari, investitsion kredit, baholash mexanizmi, tijorat banki, monitoring, strategik yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.