Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 6 (2025) · Саҳифаҳои 503-509
MAHALLALARDA OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY IQTISODIY AHAMIYATI
Toshtemirova, Zilola
Аннотатсия
O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasini oshirish va ijtimoiy barqarorlikka erishishda katta ahamiyatga ega. Mahallada oilaviy biznesning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Oilaviy bizneslar jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa mahallalarda, ular mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi. Oilaviy biznesni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish bu jarayonni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi. Mazkur maqolada mahallada oilaviy biznesni tashkil etish va rivojlantirishning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikning turlari, rivojlanish holati, davlat tomonidan ko‘rilgan qo‘llab-quvvatlash choralari va istiqbollari tahlil qilingan. Mahallada oilaviy biznesni rivojlantirishdagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Oilaviy biznes, innovatsion yondashuv, marketing strategiyalari, raqamlashtirish, “yashil iqtisodiyot, ijtimoiy barqarorlik, mulkdorlar, strategik qarorlar, eksport kompaniyalari, raqamli platforma.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.