Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 6 (2025) · pp. 477-483
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTIDA MEHNAT MIGRATSIYASINING O‘RNI, IQTISODIYOTDAGI MIGRATSIYA FOYDALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mamasodiqov, Salimbek
Abstract
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish ko‘plab soha va tarmoqlarning izchil hamda uyg‘un ravishda umumiy rivojlanishini talab qiladi. Bu jarayonda migratsiya, ayniqsa, mehnat migratsiyasi iqtisodiyotning muhim, ammo ko‘p hollarda ko‘rinmas va e’tibordan chetda qoladigan bo‘g‘inlaridan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada aynan migratsiyaning asl mohiyati nimalardan iborat ekani, mehnat migratsiyasi haqida mavjud bo‘lgan tarixiy qarashlar, hamda bu jarayonning ayniqsa so‘nggi yillarda O‘zbekiston misolida qanday shakllanib, rivojlanib borayotgani haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga, ishchi kuchi migratsiyasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri keng ko‘lamda o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilingan va uni yanada yaxshilash uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Mazkur maqola O‘zbekistonda migratsiya jarayonining iqtisodiy jihatdan qanday natijalar keltirayotgani, uning ijobiy va salbiy tomonlari, olib kirilgan moliyaviy resurslar va boshqa ko‘plab dolzarb masalalarni yoritishga harakat qilgan. Shu orqali kerakli xulosalar chiqarilib, mamlakat iqtisodiy siyosatida ushbu yo‘nalishning o‘rni yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratilgan.
mehnat migratsiyasi, optimistik qarashlar, pessimistik qarashlar, migrant sindromi, emmigratsiya, immigratsiya, ishchi kuchi resurslari, majburiy migratsiya, brain drain (malakali kadrlarning chiqib ketishi), tashqi iqtisodiy aylanma.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.