Innovations in Science and Technologies 2-tom 6-san (2025) · 526-530-betler
UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA MARKETING STRATEGIYALARINI QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kalonova, Mohigul
Annotaciya
Mazkur maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida marketing strategiyalarini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Bugungi raqobatbardosh bozor sharoitida mijozlarni jalb qilish va ularni uzoq muddat ushlab qolish uchun faqatgina mahsulot sifati emas, balki xizmat ko‘rsatish sifati, muhit, vizual imidj va raqamli marketing vositalarining ahamiyati oshib bormoqda. Tadqiqotda marketingning asosiy yo‘nalishlari sifatida hududiy xususiyatlarga moslashuv, vizual va tajriba marketingi, raqamli platformalardan foydalanish, sodiqlik dasturlarini joriy etish hamda og‘zaki tavsiyaning kuchi tahlil qilinadi. Shuningdek, marketing strategiyalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
umumiy ovqatlanish, marketing strategiyasi, vizual marketing, raqamli marketing, mijozlar ehtiyoji, sodiqlik dasturi, global raqobat, hududiy marketing.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.