Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 689-696-betlar
INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN XALQARO METODLAR SAMARADORLIGI: TAJRIBA VA TAHLIL
Omonova, Mohigul
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda lug‘at boyligini oshirishga xizmat qiluvchi xalqaro metodlarning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda zamonaviy va an’anaviy uslublar — kontekstual yondashuv, takrorlash oraliqlari (spaced repetition), audiovizual vositalardan foydalanish, gamifikatsiya va lug‘at daftari metodlarining samaradorligi B1–B2 darajadagi 100 nafar o‘quvchi ishtirokida eksperimental tarzda baholangan. Har bir metod asosida o‘quvchilarning yangi so‘zlarni eslab qolish foizlari aniqlangan va ularning amaliy foydaliligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ingliz tili ta’limida kontekst va interfaol metodlarning ustunligini, shuningdek, texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rnini asoslab bergan. Maqolada metodlar samaradorligi ilmiy asoslar va global amaliyotlar bilan qiyosiy ko‘rinishda yoritilgan.
ingliz tili, lug‘at boyligi, kontekstual yondashuv, takrorlash oraliqlari, gamifikatsiya, texnologik ilovalar, audiovizual metod, xalqaro metodlar, ta’lim samaradorligi, so‘z o‘zlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.