Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 75-87-betlar
HUDUDIY O‘SISH VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR: NAZARIY YONDASHUVLAR VA AMALIY JIHATLAR
Sharipova, Malika
Annotatsiya
Maqola hududiy o‘sish jarayonlarini nazariy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, jozibadorlik nazariyasi, markaziy joylar nazariyasi, aglomeratsiya iqtisodiyoti va mehnat-kapital oqimlari asosida hududlararo tafovutlarning shakllanish mexanizmlarini yoritadi. Unda transport infratuzilmasining hududiy zichlik va sanoat ixtisoslashuviga ta’siri, shuningdek, institutsional va tarixiy omillarning shaharlar rivojiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot hududiy integratsiya, innovatsion markazlashuv va iqtisodiy muvozanatning shakllanish omillarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, nazariy va amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
hududiy o‘sish, shaharlar rivojlanishi, iqtisodiy tafovut, aglomeratsiya, mehnat migratsiyasi, kapital oqimi, hududiy siyosat, infratuzilma, institutsional omillar, iqtisodiy markazlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.