Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 93-98-betlar
LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING LINGVODIDAKTIK SALOHIYATI VA UNING O‘ZBEK TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘QITISHDA QO‘LLANILISH TAJRIBASI
Omonov, Muxammadaziz
Annotatsiya
Ushbu maqolada loyihalash texnologiyasining (Project-Based Learning – PBL) lingvodidaktik imkoniyatlari nazariy va amaliy asosda o‘rganilgan. Til o‘rgatishdagi zamonaviy yondashuvlar, xususan, kommunikativ va kontekstual metodlar fonida PBL metodikasining o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot doirasida B1 darajadagi xorijlik talabalar ishtirokida ikki oy davomida tajriba sinovlari o‘tkazilgan. Darslar maxsus ishlab chiqilgan loyihaviy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan. Dastlabki va yakuniy testlar, so‘rovnomalar va kuzatuv jurnallari orqali yig‘ilgan ma’lumotlar SPSS dasturida statistik tahlil qilinib, metodikaning samaradorligi asoslab berilgan. Natijalarga ko‘ra, loyiha metodikasi til ko‘nikmalari, ayniqsa, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishda sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Shuningdek, maqolada PBL yondashuvining shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi afzalliklari va kelgusi tadqiqotlar uchun tavsiyalar ham yoritilgan.
loyihalash texnologiyasi, lingvodidaktika, o‘zbek tili, chet tili sifatida, kommunikativ metod, PBL, konstruktivistik yondashuv, til kompetensiyasi, ta’lim samaradorligi, eksperiment
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.