Innovations in Science and Technologies 2-том 6-нөмір (2025) · 247-252-беттер
TO‘QIMACHILIK KORXONALARINI BARQAROR RIVOJLANISHIDA STRATEGIK MENEJMENT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH MEXANIZMLARI
Yuldasheva, Nilufar, Uktamjonova, Zulayxo
Аңдатпа
Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda strategik menejment tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishning nazariymetodologik asoslari yoritilgan. Global iqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlar, bozor talablarining dinamikasi va raqobatbardoshlik omillari kontekstida korxonalar uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tarmoqning mavjud holati tahlil qilinib, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida moslashuvchan, innovatsion va raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi elementlari asosida strategik yondashuvlar ishlab chiqildi. Shuningdek, maqolada strategik rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanish va barqarorlik indikatorlarini joriy etish orqali raqobat afzalliklarini shakllantirish bo‘yicha takliflar berilgan. Ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, soha rivojiga xizmat qiladi.
Strategik menejment, to‘qimachilik sanoati, raqobatbardoshlik, innovatsiya, strategik rejalashtirish, transformatsiya, digitalizatsiya, tarmoq tahlili, boshqaruv tizimi, iqtisodiy barqarorlik.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.